Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1579
Title: MULTISENTRIK SUT BEZI SARATONI HAQIDA GISTOLOGIK MA’LUMOTLAR: O‘SMA TUGUNLARI TUZILMALARINING TAHLILI
Authors: Norbekova Munira Xamrokulovna., Alimkhodjayeva Lola Telmonovna., Ruziyev Sherzod Ibodullayevich
Keywords: multisentrik, sut bezi saratoni, gistologik tekshiruv, immunogistokimyo.
Issue Date: 2025
Publisher: Yosh olimlar jurnali
Series/Report no.: UO’K;616-006.04
Abstract: Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak bezi saratoni (KBS) bilan og‘rigan bemorlarda katta va kichik o‘smalarning gistologik va molekulyar-biologik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat. Material va metod: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi va uning filiallarida 2018-2023-yillar davomida davolangan 133 nafar bemor ma’lumotlari retrospektiv tahlil qilingan. Gistologik, immunogistokimyoviy tahlillar o‘tkazilgan. Natijalar: Asosiy va ikkinchi o‘sma tugunlari ko‘p hollarda tashqi kvadrantlarda joylashgan. Asosiy o‘sma tugunining markazidan periferiya o‘tgan sari infiltrativ komponent kamayib boradi: mikroalveolyar va trabekulyar strukturalar, hujayralar gruppasi, solid va tubulyar strukturalar bilan ifodalangan. Ikkinchi o‘sma tugunida infiltrativ komponent tuzilmalarining turli xil variantlarining uchrashi asosiy o‘sma tugunining tegishli xususiyatlaridan farq qilmadi. Xulosa: Tadqiqot natijalari ko‘krak bezi saratoni multisentrik o‘smalarining gistologik tarkibi bilan o‘xshash bo‘lib, kasallik oqibatini bashorat qilish uchun tugunlarda molecular biologik tahlillar o‘tkazishni talab etadi.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1579
ISSN: 2181-3485
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
yosh olimlar jurnali.pdfMULTISENTRIK SUT BEZI SARATONI HAQIDA GISTOLOGIK MA’LUMOTLAR: O‘SMA TUGUNLARI TUZILMALARINING TAHLILI670.79 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.