Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1641
Title: Tibbiy ta’limda pedagogik ta’sir ko‘rsatish – kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli sifatida
Authors: Yusupxo‘jayeva, Aziza Majidovna
Keywords: Tibbiy ta’lim, pedagogik ta’sir ko‘rsatish, kommunikativ qobiliyat.
Issue Date: 2025
Publisher: Тошкент
Abstract: Pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, o‘qituvchining ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarga erishishi qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning pedagogik jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish mazmunida tarbiya mohiyati ifodalangan bo‘lib, uning mazmuni mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib asoslanadi. Tarbiya mohiyati turli davrlarda har xil ifodalangan bo‘lsa ham, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash g‘oyalarni ifodalaydi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1641
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
21. Tibbiy ta’limda pedagogik ta’sir.pdf548.08 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.