Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1868
Title: | Endokrin bepushtligi mavjud ayollarda reproduktiv funksiya holatining reprospektiv tahlili |
Authors: | Anvarova Sh.A., Shukurov F.I. |
Keywords: | ayollarda endokrin bepushtlik, gipotireoz, giperprolaktinemiya, giperandrogeniya, reproduktiv funksiya. |
Issue Date: | 2024 |
Publisher: | Tashkent, Uzbekistan |
Abstract: | Maqsad. Endokrin patologiyalari (gipotireoz, giperprolaktinemiya va giperandrogeniya) mavjud ayollarda reproduktiv funksiya holatining retrospektiv tahlilini oʻtkazish. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotda endokrin bepushtlik bilan 210 ayollarning tibbiy hujjatlari oʻrganildi. Qatnashchilar endokrin patologiya turiga koʻra uchta guruhga boʻlindi: 1-guruh — 70 ayol tireoid disfunksiya bilan bogʻliq gipotireoz, 2-guruh — gipofiz disfunksiyasi bilan bogʻliq giperprolaktinemiya va 3-guruh — adrenal disfunksiya bilan bogʻliq giperandrogeniya. Natijalar. Tadqiqot natijalari gipotireoz, giperprolaktinemiya va giperandrogeniya kabi turli endokrin patologiyalari bor ayollarda reproduktiv funksiyaning sezilarli buzilishlarini koʻrsatdi. Gipotireoz mavjud guruhda xayz funksiya buzilishlaridan, oligomenoreya — 65%, amenoreya — 25%, dismenoreya — 10% holatlarda aniqlandi. Ushbu guruhda reproduktiv funksiya buzilishlari, homila oʻz-oʻzidan tushishlari — 37%, bepushtlik — 30%. Giperprolaktinemiya mavjud guruhda amenoreya 50% ayollarda, oligomenoreya — 35% holatlarda aniqlandi. Reproduktiv funksiya buzilishlari, homila oʻz-oʻzidan tushishlari — 41%, bepushtlik — 35% ayollarda aniqlandi. Giperandrogeniya mavjud guruhda dismenoreya 50% ayollarda, oligomenoreya — 30%, muntazam xayz sikllari — 20% holalarda kuzatildi. Reproduktiv funksiya buzilishlari, homila oʻz-oʻzidan tushishlari — 40%, bepushtlik — 27,4% ayollarda aniqlandi. Xulosa. Bizning tadqiqotimiz endokrin buzilishlarning reproduktiv funksiyaga sezilarli taʼsirini tasdiqlaydi. Olingan natijalar gipotireoz, giperprolaktinemiya va giperandrogeniya normal follikulogenez va ovulyatsiya jarayonlarini qanday buzishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Endokrin buzilishlarning reproduktiv funksiyaga sezilarli taʼsirini tasdiqlovchi natijalar individual davolash usullarini ishlab chiqsh zarurligini koʻrsatadi. Ushbu tadqiqot endokrin omillarning reproduktiv salomatlikka taʼsirini yanada oʻrganish va samarali tashxislash va davolash usullarini ishlab chiqish zarurligini taʼkidlaydi. |
URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1868 |
Appears in Collections: | Articles |
Files in This Item:
File | Description | Size | Format | |
---|---|---|---|---|
42. Endokrin bepushtligi mavjud ayollarda reproduktiv funksiya holatining retrospektiv tahlili. 2024.pdf | Endokrin bepushtligi mavjud ayollarda reproduktiv funksiya holatining reprospektiv tahlili | 5.66 MB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.