Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1963
Title: | QANDLI DIABET 2-TIP BEMORLARDA DULAGLUTIDNING KARDIOPROTEKTIV EFFEKTIVLIGINI BAHOLASH |
Authors: | Sadikova N.G’. Ashurova N.G’ |
Keywords: | dulaglutid, GPP-1RA, yurak qon-tomir tizimi,qandli diabet 2-tip,glikirlangan gemoglobin |
Issue Date: | 2025 |
Publisher: | O'zbekiston, Toshkent |
Abstract: | FDA(Food and Drug Adminstration) oxirgi ma’lumotlariga ko’ra dunyo bo’yicha 537 mln ga yaqin odamlar QD bilan kasallangan (98% i QD 2-tip) bo’lib, 2045-yilga kelib bu sonlar 783mln.ga yetishi kutilmoqda. Zamonaviy tibbiyotga ko’p faktorli ta’sir ko’rsatadigan yangi perspektiv dori guruhi- Glukagonga o’xshash polipeptid retseptor agonistlari (GPP-1 RA) kirib kelib ,hozirda QD 2-tipini davolashda monoterapiya sifatida yoki boshqa gipoglikemik dorilar(metformin,bazal insulin) bilan birgalikda qo’llanilganda yuqori effektivligini ko’rsatmoqda. GPP-1 RA vakili dulaglutid (trulisiti) 1,5mg/0.5ml dozada haftada bir marta teri orasiga inyeksiya qilinib, postprandial glikemiyani nazorat qiluvchi,yurak qon-tomir kasalliklari (YuQT) xavfini kamaytiruvchi, gipoglikemik holatlar kuzatilmaydigan – innovatsion doridir. Tadqiqot davomida 3 oylik dulaglutid davosi (1.5mg) fonida kuzatuv guruhida nahorgi glikemiya 7,5±1.04mmol/l ga, postprandial glikemiya esa 10,3±1,05mmol/l gacha kamaydi. Glikirlangan gemoglobin (HbA1C 3 oydan keyin 7,8±0,5% gacha tushdi.Triglitseridlar(TG) miqdori 4,2±0,5mmol/l dan 21,4% ga, past zichlikli lipoproteinlar (PZLP) 4,8±0,75mmol/l dan 27% ga kamaytirib lipid profilni ijobiy tomoga o’zgartirdi. Dinamikada sistolik arterial bosim (SAB) 125,0±5,0 mm simob ustunida, diastolik arterial bosim (DAB) 90±5mm simob ustunigacha maqsadli ko’rsatkichga erishildi. Tana massa indeksi (TMI) darajasi 27,3±2,1kg/m2 gacha bo’lgan bemorlarda davodan keyin 25,4±1,5kg/m2gacha vazn kamayishi kuzatildi. |
URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1963 |
Appears in Collections: | Articles |
Files in This Item:
File | Description | Size | Format | |
---|---|---|---|---|
health_of_nation_25.04.pdf | QANDLI DIABET 2-TIP BEMORLARDA DULAGLUTIDNING KARDIOPROTEKTIV EFFEKTIVLIGINI BAHOLASH | 12.62 MB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.