Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1967| Title: | QANDLI DIABET 2 TIPNING DAVOMIYLIGI, DIABETIK NEYROPATIYANING VA UYQU SIFATINING BUZILISHINI BEMORLAR HAYOT SIFATIGA TA’SIRI |
| Authors: | Urunbayeva D.A.1, Shavkatxo’jayev X.N.2, Abdullayeva Ch.A.2 |
| Keywords: | diabetes mellitus, uyqu, uyqusizlik, neyropatiya. |
| Issue Date: | 2025 |
| Publisher: | O'zbekiston, Toshkent |
| Series/Report no.: | УДК;330.59:616.85-056.7-082.5 +616.8-009.836 |
| Abstract: | Klinik tadqiqot TMA ko'p tarmoqli klinikasi negizida, 2-terapiya va endokrinologiya bo'limida o'tkazildi. 2-tur qandli diabet (QD) bilan og'rigan 120 nafar bemorda quyidagi natijalar aniqlandi: 1 va 2 guruh QD 2 tur bilan og’rigan bemorlarda DPN subklinik shakli ustunlik qildi – 56,9% va 60,9%. Klinik shakli esa 43,1 va 39,1% bemorlarda tashxislandi. Бemorlarning 83,7% da semizlik 1 daraja va 89,5% da chap qorincha gipertrofiyasi (ChQG) mavjud. Ikkala tekshirilgan guruhda ham uglevod almashinuvi nazorat guruhiga nisbatan balandligi aniqlandi. Bemorlarning shikoyatlari orasida eng ko’p bildirilgani oyoqlar uvushishiga bo’ldi – 1 guruhda 93,1%, 2 guruhda – 87,3%, og’riqqa shikoyatni esa 85,5 va 45,8% bemorlar bildirdilar. Pittsburg so’rovnomasi yordamida aniqlanganda, 1 guruhdagi bemorlarning o’rtacha uyqu sifati indeksi 10,89±0,77 ball (p˂0,05) ni tashkil qildi va bu tekshirilayotgan bemorlarning uyqu sifati yomon ekanligini ko’rsatadi. Uyqu sifatida buzilishlari yo’q bo’lgan bemorlarda ushbu indeks 4,92±0,77 ballni tashkil qildi. Bemorlarning eng ko’p bildirilgan shikoyatlari “tungi uyqudan uyg’ondan keyingi charchoq hissi”, ushbu shikoyatni 100% bemorlar bildirdilar, 79,7% bemorlarda “uyg’onib ketgandan so’ng qayta uxlash qiyinligi” ni arz qildilar, 78,4% bemorlar “uyquga to’ymaydilar”, “yuzaki uyqu, tunda uyg’onib ketishlar bilan” 73,4% bemorlar aziyat chekadi, 70,8% bemorlar esa “30 minutdan ortiq uxlay olmaydilar”. Neyropatik og’riq, uyqu buzilishlari bilan o’zaro bog’liq bo’lib, shifokorlar davolashda ikkala jihatni ham hisobga olishlari kerak |
| URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/1967 |
| Appears in Collections: | Articles |
Files in This Item:
| File | Description | Size | Format | |
|---|---|---|---|---|
| статья_спорт_тиббиёт_Хасанхужа_2025.pdf | QANDLI DIABET 2 TIPNING DAVOMIYLIGI, DIABETIK NEYROPATIYANING VA UYQU SIFATINING BUZILISHINI BEMORLAR HAYOT SIFATIGA TA’SIRI | 3.19 MB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.