Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2186
Title: ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA SHAXSDAGI IJTIMOIY HOXISH МUAMMOSI
Authors: N.B. Maxamatova
Keywords: ijtimoiy xohish, shaxs psixologiyasi, motivatsiya, ijtimoiy muhit, muloqot, xavotir, shaxs rivoji.
Issue Date: 2025
Publisher: O'zbekiston, Buxoro
Abstract: KIRISH: maqolada zamonaviy psixologiyada shaxsdagi ijtimoiy xohish muammosi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ijtimoiy xohish insonning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, shaxslararo munosabatlarni shak lantirishi va ruhiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi shaxsdagi ijtimoiy xohish mexanizmlarini aniqlash, ularning motivatsion jarayonlarga ta’siri hamda shaxsning ruhiy salomatligi va ijtimoiy moslashuvidagi rolini o‘rganishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida ijtimoiy xohish tushunchasiga oid xorijiy va maha liy ilmiy manbalar, shuningdek, diagnostik testlar va metodikalar tahlil qilindi. Turli psixologik maktablarning yondashuvlari solishtirma tahlil qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy xohishning shak lanishi shaxsning ehtiyojlari, motivatsiyasi, xavotirlanish darajasi va muloqotga bo‘lgan ehtiyoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Shaxsdagi ijtimoiy xohishning yuqori darajasi ijobiy muloqot, ochiqlik va ijtimoiy faoliyatni rivojlantirsa, uning yetishmasligi turli psixologik muammolarga, jumladan, stress, xavotir, agressiya va shaxsiy inqirozlarga olib kelishi mumkin. XULOSA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, shaxsdagi ijtimoiy xohish muammosi zamonaviy psixologiyada dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy xohishlarni aniqlash, baholash va rivojlantirish bo‘yicha samarali metodikalarni ishlab chiqish shaxsning psixologik salomatligi va jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2186
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Макола Махаматова.pdfZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA SHAXSDAGI IJTIMOIY HOXISH МUAMMOSI3.04 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.