Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2200
Title: SUT BEZI SARATONI XAVFI OSHGAN AYOLLARDA INDOL-3-KARBINOLNI UZOQ MUDDAT QO‘LLASHNING XAVFSIZLIGI VA METABOLIK TA’SIRLARINI
Authors: Abdusamatova Dilorom Ziyaviddinovna., Aripdjanova Shaxlo Sardarovna., Ilxomova Zilola Erkindjanovna., Radjabova Nazokat Shuxratovna., Tulyaganova Nilufar Zoirjon qizi
Keywords: metabolizm, detoksikatsiya, ximioprofilaktika
Issue Date: 2025
Publisher: O'zbekiston, Toshkent
Abstract: Sut bezi saratoni (SBS) dunyo ayollari orasida onkologik kasalliklar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 2 milliondan ortiq yangi holat aniqlanadi, buning muhim qismi gormonal disbalans va irsiy moyillik bilan bog‘liq. Ximioprofilaktika SBS xavfini kamaytirishda muhim yo‘nalishga aylanmoqda. Ayniqsa, oilaviy anamnez, genetik mutatsiyalar (BRCA1/2 - geni) va gormonal buzilishlar kabi yuqori xavf omillari bo‘lgan ayollar uchun. Indol-3-karbinol (I3C) — karamdoshlar oilasi (brokkoli, gulkaram, karam) dan olinadigan biologik faol modda bo‘lib, estrogenlar metabolizmini modulyatsiya qilish va o‘sma hujayralari o‘sishini ingibirlashtirish xususiyatlari bilan tanilgan. Eksperimental va klinik ma’lumotlar I3C ferment tizimlariga ta’sir ko‘rsatib, detoksikatsiya yo‘llarini faollashtirishi va estrogenlar metabolizmini o‘zgartirishini ko‘rsatmoqda, bu esa kanserogenlikni kamaytirishi mumkin. Shunga qaramasdan, I3C ning uzoq muddatli qo‘llanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar real sharoitlarda cheklangan bo‘lib, xavfsizlik, chidamlilik va gormonal fon hamda ferment faolligiga ta’sirini baholash uchun postregistratsion tadqiqotlar zarur.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2200
ISSN: 2181–4007
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
5_SUT_BEZI_SARATONI_XAVFI_OSHGAN_AYOLLARDA_INDOL_3_KARBINOLNI_UZOQ.pdfSUT BEZI SARATONI XAVFI OSHGAN AYOLLARDA INDOL-3-KARBINOLNI UZOQ MUDDAT QO‘LLASHNING XAVFSIZLIGI VA METABOLIK TA’SIRLARINI13.91 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.