Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2203
Title: NOALKOGOLLI STEATOGEPATOZ MAVJUD QD 2 TIP BEMORLARDA JIGAR FERMENTLARI VA UGLEVOD ALMASHINUVI KO’RSATGICHLARINING O’ZARO BOG’LIQLIGI
Authors: Najmutdinova Dilorom Qamardinovna., Ismoilova Shaxnoza Samandarovna
Keywords: jigar fermentlari, metabolik stetatogepatoz, qandli diabet 2 tip
Issue Date: 2025
Publisher: O'zbekiston, Toshkent
Abstract: Qandli diabet eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri bo'lib, jigarning turli kasalliklari bilan, jumladan, jigar fermentlarining buzilishi, alkogolsiz jigar yog’ kasalligi, gepapotoselular xavfli o’sma va sirroz bilan bog'liqdir. So’nggi yillarda jigar fermentlarining qandli diabet va glikemik nazoratni bashorat qilishdagi roli haqida qiziqish oshmoqda. Maqsad va Vazifalar Ushbu tadqiqotning maqsadi, Qandli diabet 2tip dekompensatsiya darajasida bo'lgan bemorlarda jigar fermentlarining glikirlangan gemoglobin (HbA1C)bilan bog'liqligini o’rganishdir. Materiallar va Usullar.Ushbu tadqiqotda ambulator va statsionar davolangan qandli diabet 2 tip bilan kasallangan bemorlar kiritilgan. Ma'lumotlar yig'ilib, qabul qilish vaqtida oldindan tayyorlangan proforma yordamida batafsil anamnez yi’gildi. Barcha ishtirokchilar uchun jigar faoliyati markerlari HbA1C ning 2 guruhida ya’ni kompetsatsiya va dekompensatsiya ko’rsatgichlarida korrelatsion analiz qilindi. Jigar fermentlari va HbA1C turli qiymatlari o'rtasidagi bog'liqlik tahlil qilindi.Natijalar 84 bemor orasida o'rtacha yosh 57.90 ± 8,3 ni tashkil etdi. 84 bemordan 14nafari (16,7%) erkaklar, 70 (83.3%) ayollar edi. Qandli diabet davomiyligi o'rtacha 7.84 ± 5.81 yil, HbA1C o'rtacha 8.52 ± 1.41 tashkil etdi. Nahorgi glukoza darajasi 10.08± 3,15mmol/l va ovqatdan keyingi qondagi glukoza darajasi 13,88 ± 3,92mmol/l ni tashkil etdi. Ammo jigar fermentlari (ALT, AST) va umumiy bilirubin, bog’langan bilirubin o’rtasida kompensatsiya darajasidagi HbA1C (<8%) o'rtasida teskari Pearson bog'liqligi mavjud bo'lib, statistik jihatdanahamiyatga ega emas. AST/ALT nisbati (De Ritis nisbati) o’rtasida to’g’ri bog’liqlik aniqlanib, bu nisbat HbA1 dekompensatsiya guruhida yuqori ekanligi aniqlandi..Xulosa qandli diabet 2 tip bemorlarda jigar faoliyati markerlari AST/ALT nisbati bilan HbA1C o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatdi. Barcha jigar ko’rsatgichlari ikkala gurhda ham HbA1C bilan salbiy bog'liqlikka ega, ammo statistik jihatdan ahamiyatli bog'liqlik faqat AST/ ALT nisbati uchun kuzatildi.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2203
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
11. Non alkogolik stetohepetosis.pdfNOALKOGOLLI STEATOGEPATOZ MAVJUD QD 2 TIP BEMORLARDA JIGAR FERMENTLARI VA UGLEVOD ALMASHINUVI KO’RSATGICHLARINING O’ZARO BOG’LIQLIGI3.7 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.