Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2468| Title: | Homiladorlikning uchinchi trimestrida COVID-19 infeksiyasining klinik, gormonal va perinatal oqibatlari: retrospektiv tahlil |
| Authors: | Rajapova G.F. |
| Keywords: | COVID-19, uchinchi trimestr, homiladorlik, gormonal oʻzgarishlar, perinatal oqibatlar, estradiol, progesteron |
| Issue Date: | Nov-2025 |
| Abstract: | Ushbu retrospektiv tadqiqot homiladorlikning uchinchi trimestrida COVID-19 infeksiyasining klinik kechishi, steroid gormonlar darajasiga taʻsiri va perinatal natijalar bilan bogʻliqligini baholashga qaratilgan. Tadqiqotga jami 100 nafar homilador ayol jalb qilinib, ularning 100 nafari SARS-CoV-2 bilan kasallangan asosiy guruhni tashkil etdi. Natijalar COVID-19ning uchinchi trimestrda hatto yengil shaklda kechishi ham akusherlik xavflarni oshirishi, ogʻir kechish esa estradiol va progesteron darajasining sezilarli pasayishi bilan kechishini koʻrsatdi. Akusherlik asoratlari — temir tanqisligi kamqonligi (37,5%), muddatidan oldin tugʻruq (27,5%) va kesarcha kesish amaliyoti (47,5%) — COVID-19 bilan bogʻliq xavflarning muhim klinik koʻrsatkichlari sifatida qayd etildi. Neonatal reanimatsiya ehtiyoji 7,5%ni tashkil etdi. Olingan maʻlumotlar COVID-19 infeksiyasi homiladorlikning kech bosqichida klinik va perinatal oqibatlar xavfini sezilarli darajada oshiruvchi omil ekanligini tasdiqlaydi. |
| URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2468 |
| Appears in Collections: | Articles |
Files in This Item:
| File | Description | Size | Format | |
|---|---|---|---|---|
| Ражапова Г.Ф..pdf | Homiladorlikning uchinchi trimestrida COVID-19 infeksiyasining klinik, gormonal va perinatal oqibatlari: retrospektiv tahlil | 1.01 MB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.