Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2474
Title: Lyutein fazasini qoʻllab-quvvatlashda progesteronni peroral, vaginal va inyeksion turlarining samaradorligini qiyosiy tahlili
Authors: Islomova M.Sh
Keywords: IVF, ICSI, progesteron, lyutein fazasi, didrogesteron, vaginal progesteron, inyeksion progesteron, retseptivlik, P4 monitoring
Issue Date: 2025
Publisher: Tashkent, Uzbekistan
Abstract: Ushbu tadqiqot yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) sikllarida lyutein fazasini qoʻllab-quvvatlashda qoʻllaniladigan progesteron turlarining — peroral (didrogesteron), vaginal (mikronlashtirilgan progesteron) va inyeksion (maslyanoy progesteron) — farmakokinetik, gormonal va klinik samaradorligini qiyosiy baxolashga qaratilgan. Prospektiv randomizatsiyalangan dizaynda 90 nafar bemor 3 guruhga ajratildi. Asosiy koʻrsatkichlar sifatida zardob P4 darajasi, implantatsiya chastotasi, klinik homiladorlik darajasi, endometrial retseptivlik va dopplerometriya koʻrsatkichlari baholandi. Natijalarga koʻra, inyeksion progesteron zardob P4 ni eng yuqori darajada ushlagan (p<0.001), vaginal shakl esa endometrial retseptivlik va implantatsiya nishonlarini yaxshilagan. Peroral didrogesteron bemorlar uchun qulayligiga qaramay, P4 darajasi pastroq kuzatildi. Umuman olganda, progesteron shaklini tanlashda farmakokinetik yondashuv va individual P4 monitoringi asosiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2474
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Исломова М,ш..pdfLyutein fazasini qoʻllab-quvvatlashda progesteronni peroral, vaginal va inyeksion turlarining samaradorligini qiyosiy tahlili996.22 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.