Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2553| Title: | QANDLI DIABETNING 2-TURINI DAVOLASHDA METFORMINNING ICHAK MIKROBIOTASI HOLATIGA TA’SIRI |
| Authors: | SHAGAZATOVA B. X., VAFOYEV SH.F. |
| Keywords: | metformin, ichak mikrobiotasi, 2-tur qandli diabet, qisqa zanjirli yog‘ kislotalari, o‘t kislotalari. |
| Issue Date: | 4-Nov-2025 |
| Publisher: | O'zbekiston, Toshkent |
| Abstract: | Metformin 2-tur qandli diabet (QD)ni davolash uchun tavsiya etilgan eng ko‘p qo‘llaniadigan va birinchi darajali farmakoterapiya hisoblanadi. Tarixiy jihatdan uning asosiy ta’sir mexanizmlari jigar glyukoneogenezini ingibirlash va faollashtirilgan protein kinaza (FPK) faollashishi bilan bog‘liq. To‘plangan ma’lumotlarda metforminning glikemiyaga ta’siri va unga bog‘liq bo‘lmagan ta’siri ichak muhiti va mikrobiota o‘zgarishlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Odamlar va hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, metformin ichak mikrobiotasi tarkibida turli tarkibli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, bu o‘ziga xos taksonlarga (xususan, Akkermansia muciniphila) boyitadi va ba’zi qisqa zanjirli yog‘ kislotalari (QZYK) ishlab chiqaruvchi bakteriyalar funktsional potentsialini (safro kislotasi metabolizmi, uglevodlar almashinuvi) yaxshi tomonga o‘zgartiradi. Metforminning ichakdagi mexanik ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri mikroblarga qarshi yoki ularning o‘sishni rag‘batlantiruvchi ta’siri, ichak tranziti va pH o‘zgarishi, o‘t kislotasi va o‘t kislotasining modulyatsiyasi (FXR/TGR5) va enteroendokrin ta’sirlarga (GPP-1 va PYY), ichak va ichak baryer tizimlariga ta’sirini qamrab oladi. Sichqonlarda o‘tqizilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, metforminning metabolik ta’sirining hech bo‘lmaganda bir qismi mikrobiota orqali amalga oshadi. Biroq, tadqiqotlar o‘rtasidagi geterogenlik (dori miqdori, muddat, asosiy microbiota tarkibi, parhez, organism genetikasi) tahlillarni biroz o‘rganish uchun murakkablashtiradi. |
| URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2553 |
| Appears in Collections: | Articles |
Files in This Item:
| File | Description | Size | Format | |
|---|---|---|---|---|
| Mahalliy maqola 2.pdf | QANDLI DIABETNING 2-TURINI DAVOLASHDA METFORMINNING ICHAK MIKROBIOTASI HOLATIGA TA’SIRI | 2.39 MB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.