| DC Field | Value | Language |
| dc.contributor.author | Matnazarova Gulbahor Sultanovna., Qodirova Sarvinoz Bakhtiyorjon qizi., Saidkasimova Nargiza Sayfullayevna., Xamzayeva Nilufar Toshtemirovna., Kurbaniyazova Malika Oralbaуevna., Bobojonova Shohista Davronbekovna | - |
| dc.date.accessioned | 2026-01-03T17:32:46Z | - |
| dc.date.available | 2026-01-03T17:32:46Z | - |
| dc.date.issued | 2025 | - |
| dc.identifier.uri | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2914 | - |
| dc.description.abstract | Ushbu tadqiqot aholining OIV infeksiyasi bo‘yicha xabardorlik darajasini
baholash, noto‘g‘ri qarashlar va stigma omillarini aniqlash hamda profilaktik
chora-tadbirlarni takomillashtirishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida 474 nafar
respondent ishtirokida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma 20 ta
savoldan iborat bo‘lib, OIV infeksiyasi haqida umumiy bilim darajasi, yuqish
yo‘llari, profilaktika usullari, diagnostika imkoniyatlari, onadan bolaga yuqish
mexanizmlari hamda OIV bilan yashovchilarga nisbatan ijtimoiy
munosabatlarni qamrab oldi.
Natijalarga ko‘ra, respondentlarning 84,4 % OIVning asosiy yuqish yo‘llarini
to‘g‘ri bilgan bo‘lsa-da, aholining ma’lum qismida virus havo yoki maishiy
yo‘l bilan yuqadi degan noto‘g‘ri tasavvurlar saqlanib qolgan. Profilaktika va
diagnostika bo‘yicha bilimlar nisbatan yuqori bo‘lib, respondentlarning 87,6
% OIVni aniqlashda ELISA yoki ekspress test qo‘llanilishini to‘g‘ri
ko‘rsatgan. Shu bilan birga, OIV bilan yashovchilarga nisbatan ijtimoiy stigma
darajasi yetarli darajada kamaymaganligi aniqlangan.
Epidemiologik va statistik tahlillar (χ², Pearson r) OIV haqida bilim darajasi
ortishi bilan to‘g‘ri profilaktik xulq-atvor va stigma kamayishi o‘rtasida ijobiy
bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar aholi orasida OIV
profilaktikasi bo‘yicha ma’rifiy dasturlarni kuchaytirish zarurligini asoslab
beradi. | en_US |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | O'zbekiston | en_US |
| dc.subject | OIV infeksiyasi, xabardorlik darajasi, so‘rovnoma tadqiqoti, epidemiologik tahlil, OIV yuqish yo‘llari, profilaktika, diagnostika (ELISA, ekspress test), onadan bolaga yuqish, stigma va diskriminatsiya, ijtimoiy munosabat, yosh va jins omillari, sog‘lomlashtirish dasturlari, sanitariya-ma’rifiy ishlar. | en_US |
| dc.title | OIV INFEKSIYASI BO‘YICHA AHOLINING HABARDORLIK DARAJASINI ANIQLASH UCHUN SO‘ROVNOMA NATIJALARI. | en_US |
| dc.type | Article | en_US |
| Appears in Collections: |
|