Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/3894
Title: PRENATAL STRESS VA KALLA SUYAGI SHAKLLANISH NUQSONLARI NEYROANATOMIYASI
Authors: Polvonov G'ayrat Qurbonboyevich, Nazarova Malohat Berdiboyevna, Adilbekova Dilorom Baxtiyarovna, Ahrorov Abdulaziz Azizjonovich, Toshpo'latov Sardorjon Sarvar o'g'li
Keywords: prenatal stress, oq kalamushlar, kalla suyagi.
Issue Date: 2025
Publisher: O'zbekiston, Toshkent (Yosh olimlar tibbiyot jurnali) N16
Abstract: Ushbu maqolada prenatal stressning homila bosh suyagi shakllanishiga ta'siri va bu jarayonning neyroanatomik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda prenatal davrda onaning organizmida modellashtirilgan surunkali stress omillari ta'sirining homila kraniofatsial tuzilmalari rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatishi o'rganilgan. Stress faktorlarining platsenta orqali homilaga o'tishi natijasida yuzaga keladigan epigenetik o'zgarishlar bosh miya va bosh suyagi tuzilishida turli darajadagi nuqsonlar – kraniosinostoz, mikrosefaliya, anensefaliya kabi patologiyalar rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Tadqiqotda zamonaviy neyroanatomik, embriologik va molekulyar biologiya usullaridan foydalangan holda ushbu patologik jarayonlarning mexanizmlari yoritilgan. Olingan natijalar prenatal stressning bosh miya va bosh suyagi morfogeneziga ta'siri chuqur va kompleks xususiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Ushbu holatlarni erta bosqichda aniqlash va oldini olish imkonini beruvchi diagnostik va profilaktik yondashuvlar ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot natijalari pediatriya, perinatal nevrologiya, anatomiya va embriologiya sohalarida ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/3894
ISSN: 2181-3485
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
yosh-olimlar-polvonov-dekabr-soni.pdf1.39 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.