Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4059
Full metadata record
DC FieldValueLanguage
dc.contributor.authorSaidahmadov S.S., Nurillayeva N.M., Xidoyatova M.R.-
dc.date.accessioned2026-05-26T17:10:40Z-
dc.date.available2026-05-26T17:10:40Z-
dc.date.issued2026-03-30-
dc.identifier.urihttp://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4059-
dc.description.abstractMaqsad: kardioreanimatsiya boʻlimida oʻtkir koronar sindrom (OʻKS) bilan davolangan bemorlarning klinik, laborator va instrumental koʻrsatkichlarini, shuningdek, kasallikning yakuniy natijalari va prognostik omillarini kompleks tahlil qilish. Material va usullar: tadqiqotga kardioreanimatsiya boʻlimida davolangan 20 nafar bemor kiritildi. Tadqiqot retrospektiv kuzatuv xarakteriga ega. Bemorlarning demografik (yosh, jins), klinik (arterial bosim, yurak urish tezligi, asoratlarining Killip boʻyicha tasnifi), yondosh kasalliklari (arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi), laborator (lipid spektri, troponin I, NT-proBNP, kreatinin), instrumental (EKG, ExoKG) va anamnestik maʼlumotlari (hodisalar indeksi “event burden”) oʻrganildi. Natijalar: Tadqiqotga kiritilgan bemorlarning 70% ini ayollar, 30% ini erkaklar tashkil etdi. Arterial gipertenziya 75% bemorlarda, qandli diabet 60% bemorlarda aniqlangan. Bo’limga o’tkir koronar sindrom bilan qabul qilingan bemorlarning yakuniy tashxisi sifatida nostabil stenokardiya 60%, Q-tishsiz miokard infarkti 25%, Q-tishli miokard infarkti 15% hollarda qayd etildi. Oʻpka shishi 30% bemorlarda kuzatildi. Ogʻir asoratlar, jumladan oʻlim holatlari aniqlanmadi. Hodisalar indeksi “event burden” koʻrsatkichi bemorlarning sezilarli qismida yuqori boʻlib, bu yurak-qon tomir kasalliklarining uzoq davom etganligini koʻrsatdi. Xulosa: Kardioreanimatsiya boʻlimida davolangan bemorlarda OʻKSning nisbatan yengil shakllari ustun boʻlib, ogʻir asoratlar kam uchradi. Yondosh kasalliklar va yuqori “event burden” mavjudligi ushbu bemorlarni yuqori xavf guruhiga kiritadi va kelgusida kasallikning ogʻirlashish ehtimolini oshiradi.en_US
dc.language.isootheren_US
dc.publisherO'zbekiston, Toshkent "O'zbekiston harbiy tibbiyoti jurnali" 1-SONen_US
dc.subjectoʻtkir koronar sindrom, kardioreanimatsiya, hodisalar yuklamasi - event burden, nostabil stenokardiya, miokard infarkti, buyraklar surunkali kasalligi, o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi.en_US
dc.titleKARDIOREANIMATSIYA BOʻLIMIDA OʻTKIR KORONAR SINDROM BILAN DAVOLANGAN BEMORLARNING KLINIK, LABORATOR VA INSTRUMENTAL XUSUSIYATLARIen_US
dc.typeArticleen_US
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
13_KARDIOREANIMATSIYA_BOʻLIMIDA_OʻTKIR_KORONAR_SINDROM_BILAN.pdf1.04 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.