Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4062
Title: YUZ-JAG‘ SOHASIDAGI YIRINGLI-NEKROTIK ASORATLARNI ERTA ANIQLASHNING KLINIK-LABORATOR TEKSHIRUV NATIJALARI
Authors: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich., Hayitmurodov Davron Ergash o‘g‘li., Djurayev Jamolbek Abdukaxarovich., Berdiyeva Dilfuza Umirzoqovna., Kurbonov Yoqubjon Xamdamovich
Keywords: Vegener granulematoz, jarrohlik, autoimmun, nekrotik jarayon
Issue Date: 2026
Publisher: O'zbekiston ( TIBBIYOT ASOSLARI) XALQARO TIBBIYOT JURNALI 1-jild, 9-son
Abstract: Vegener granulematozi (VG) - multisistemali, autoimmun kelib chiqishi bilan boshlanuvchi vaskulit bo‘lib, kichik va o‘rta tomirlarning nekrotik yallig‘lanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik ko‘pincha respirator tizim va buyraklarni ta’sir qiladi, ammo yuz-jag‘ sohasidagi yiringli-nekrotik jarayonlar ham bemorlar salomatligi va hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot 2023–2026 yillarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ko‘p tarmoqli klinikasi revmatologiya va Kattalar LOR va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limlarida olib borilgan. Ushbu patologiya, ayniqsa, dastlabki klinik belgilarsiz rivojlangan hollarda, suyak va yumshoq to‘qimalarda qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Yuz-jag‘ sohasidagi nekrotik jarayonlar VG bemorlarida tez-tez uchraydi va ularni erta aniqlash - kasallikning oqibatlarini kamaytirish, jarrohlik va konservativ davolashni samarali rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli integratsiyalashgan diagnostika yondashuvi - klinik belgilarga, laborator indikatorlarga va zamonaviy rentgenologik tekshiruvlarga asoslangan algoritm - VG bilan kasallangan bemorlarni samarali kuzatish va davolash imkonini beradi. Vegener granulematozi bilan kasallangan bemorlarning yuz-jag‘ sohasidagi yiringli-nekrotik jarayonlarini erta aniqlashda klinik-laborator va rentgenologik tekshiruvlarning samaradorligini baholash va ularni kasallik faolligi bilan bog‘lash.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4062
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
16_YUZ_JAG‘_SOHASIDAGI_YIRINGLI_NEKROTIK_ASORATLARNI_ERTA_ANIQLASHNING.pdf1.18 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.