Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4295
Title: REVMATOID ARTRIT BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA DEPRESSIYA VA XAVOTIR DARAJASINING HAYOT SIFATI KO’RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Authors: Yusupxodjayeva Surayyo To’lqinovna., Ibodullayev Zarifboy Rajapovich
Keywords: revmatoid artrit, depressiya, xavotir, hayot sifati, psixoterapiya, kognitiv-bixevioral terapiya, ratsional psixoterapiya, psixoemotsional holat.
Issue Date: 2026
Publisher: O'zbekiston, Toshkent (TIBBIYOT ASOSLARI) jurnali №9
Series/Report no.: UO‘K:;616.72-002.77-07:616.89-008.454-159.95:001.891.572
Abstract: Mazkur tadqiqot revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda depressiya va xavotir darajasining hayot sifati ko‘rsatkichlariga ta’sirini kompleks baholash hamda psixoterapevtik aralashuv samaradorligini aniqlashga qaratildi. Tadqiqot davomida bemorlarning psixoemotsional holati, kasallik faolligi darajasi va hayot sifati ko‘rsatkichlari HADS hamda SF-36 standart psixodiagnostik shkalalari asosida o‘rganildi. Natijalar revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarning sezilarli qismida klinik va subklinik darajadagi xavotir hamda depressiv buzilishlar mavjudligini ko‘rsatdi. Psixoemotsional buzilishlar og‘riq intensivligi, jismoniy faollikning cheklanishi, ijtimoiy moslashuv pasayishi va umumiy hayot sifati yomonlashuvi bilan bog‘liq ekani aniqlandi. Psixoterapevtik aralashuv, ayniqsa kognitiv-bixevioral terapiya qo‘llangan bemorlarda xavotir va depressiya darajasining sezilarli kamayishi, og‘riq sezgisining pasayishi hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarining ijobiy tomonga o‘zgarishi kuzatildi. Ratsional psixoterapiya qo‘llangan guruhda ham ijobiy dinamika qayd etilgan bo‘lsa da, o‘zgarishlar nisbatan kamroq ifodalandi.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4295
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
ТА9.pdf1.98 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.