Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4307
Title: SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI FONIDA KARDIORENAL SINDROMNING ERTA BOSQICHLARIDA KALLIKREIN–KININ VA NATRIYURETIK PEPTID TIZIMLARI O‘RTASIDAGI UZVIYLIK
Authors: Gadayev A.G., Rahimova M.E., Muzaffarov J.Sh.
Keywords: kardiorenal sindrom, surunkali yurak yetishmovchiligi, kallikrein–kinin tizimi, NT-proBNP, biomarkerlar, buyrak filtratsiyasi
Issue Date: Feb-2026
Publisher: O'zbekiston, Toshkent (ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР 1 ҚИСМ)
Abstract: Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYE) fonida rivojlanadigan kardiorenal sindrom (KRS) yurak va buyrak faoliyatining o‘zaro bog‘liq ravishda izdan chiqishi bilan tavsiflanadigan murakkab klinik holat hisoblanadi [1,2]. Kardiorenal sindromning erta bosqichlarida yurak chiqarish hajmining pasayishi, buyrak perfuziyasining susayishi va neyrogumoral tizimlarning kompensator faollashuvi patologik jarayonlarning boshlang‘ich zvenolarini belgilaydi. So‘nggi yillarda KRS patogenezida renin–angiotenzin–aldosteron tizimi bilan bir qatorda kallikrein–kinin tizimi (KKT) hamda natriyuretik peptidlar tizimining muhim regulyator roli alohida ta’kidlanmoqda [3]. KKT bradikinin orqali tomirlarni kengaytiradi, endotelial azot oksidi sekretsiyasini oshiradi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Natriyuretik peptidlar tizimi esa yurak devorlarining zo‘riqishi sharoitida faollashib, natriyurez, diurez va vazodilatatsiyani kuchaytiradi [4]. Ushbu tizimlar o‘rtasidagi uzviy muvozanatning buzilishi yurak–buyrak o‘qi barqarorligining izdan chiqishiga, ekskretor yetishmovchilikning kuchayishiga va kasallik prognozining yomonlashuviga olib keladi [5]. Shu sababli, kardiorenal sindromning erta bosqichlarida KKT va natriyuretik peptidlar tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4307
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
9. SYY CRS, KLK, NUP.pdf1.03 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.