Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4309| Title: | SURUNKALI KARDIORENAL SINDROM MAVJUD BEMORLARDA RENIN-ANGIOTENZIN VA KALLIKREIN-KININ TIZIMLARI ORASIDAGI UZVIYLIKNI BAHOLASH |
| Authors: | Gadayev A.G., Rahimova M.E., Muzaffarov J.Sh. |
| Keywords: | kardiorenal sindrom, renin-angiotenzin tizimi, kallikrein-kinin tizimi, angiotenzin II, bradikinin |
| Issue Date: | Jan-2026 |
| Publisher: | O'zbekiston, Toshkent (ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР 2 ҚИСМ) |
| Abstract: | Surunkali kardiorenal sindrom (KRS II-tipi) yurak va buyrak o‘rtasidagi murakkab patofiziologik o‘zaro ta’sir natijasida rivojlanadigan klinik holat bo‘lib, yurak faoliyatining surunkali yetishmovchiligi fonida buyrak funksiyasining progressiv susayishi bilan xarakterlanadi [1,2]. So‘nggi yillarda KRS rivojlanish mexanizmlarida neyrogumoral tizimlarning, ayniqsa renin-angiotenzin aldosteron tizimi (RAAT) va kallikrein-kinin tizimi (KKT)ning roli alohida e’tibor qozonmoqda. RAAT fiziologik sharoitda arterial bosimni, suv-elektrolit muvozanatini va perfuziyani saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, uning surunkali faollashuvi angiotenzin II va aldosteron darajasining oshishiga olib kelib, yurak va buyrak to‘qimalarida fibroz, gipoperfuziya va endotelial disfunktsiyani kuchaytiradi [3]. KKT esa bradikinin orqali tomirlarni kengaytiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi ta’sir ko‘rsatadi [4]. Ushbu ikki tizim o‘rtasidagi uzviy muvozanat buzilganda KRSning kechishi og‘irlashadi va kasallik prognozi yomonlashadi [5]. Yuqorida keltirilgan holatlar mazkur tadqiqotni o‘tkazishga asos bo‘ldi. |
| URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4309 |
| Appears in Collections: |
Files in This Item:
| File | Description | Size | Format | |
|---|---|---|---|---|
| 10. SYY CRS, KLK, RAAS.pdf | 1.16 MB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.