Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4527
Title: ERTA BOLALIK DAVRIDA EPILEPTIK ENSEFALOPATIYANING KLINIK IMMUNOLOGIK XUSUSIYATLARI
Authors: Saidxodjayeva S.N., Vafoyeva G.R.
Keywords: Epilepsiya, epileptik ensefalopatiya,
Issue Date: 2025
Publisher: O'zbekiston (Acta CAMU Ilmiy jurnal) №4.1
Abstract: Tadqiqotning maqsadi. Erta bolalik davrida epileptik entsefalopatiyaning klinik– immunologik xususiyatlari va kasallikning kechishi xarakterini o‘rganish. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotning maqsad va vazifalariga erishish uchun birinchi bosqichda biz Bolalar Milliy Tibbiyot Markazining (BMTM) “Nevrologiya” bo’limida 0 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan epilepsiyaning turli shakllari bilan kasallangan 82 nafar bemor bolalarni tanlab oldik, jumladan 39 nafarida kasallik birinchi marotaba aniqlangan. Bemorlarni 2 guruhga bo’lib oldik: 1-guruh epileptik ensefalopatiya bilan kasallangan 35 (42,7%) nafar bemor bolalardan (asosiy guruh); 2-guruh epilepsiyaning boshqa shakllari bo’lgan 47 nafar (57,3%) bemor bolalardan (taqqoslov guruhi) tashkil topgan. Taqqoslov guruhni epilepsiyaning boshqa turlari mavjud bolalar tashkil etdi, jumladan, epilepsiyaning o’choqli (fokal) shakllari – 35 (42,7%) nafar bolalardan, generalizaциyalashgan shakllari – 12 (14.6%) bolalardan tashkil topgan. Nazorat guruhi 20 nafar sog’lom ko’ngillilardan iborat edi. Tadqiqotda umumiy klinik, nevrologik, neyropsixologik rivojlanishini baholash shkalasi (Beyli III) va instrumental tadqiqot usullaridan (EEG, MRT) foydalanildi. Yallig’lanishga qarshi sitokinlar (IL-1, IL-10, TNF-α) darajasi immunologik tahlil bilan o’lchandi
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4527
ISSN: 2181-4155
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
9. (2).pdf1.87 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.