Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/520
Title: OLDINGA SILJISH: NOGIRON BOLALAR UCHUN JISMONIY MASHQLARNING MUHIM AHAMIYATI
Authors: Urazaliyeva, Ilmira
Tulyaganova, Dildora
Keywords: nogiron bolalar, jismoniy faollik, hayot tarzi, mavjud muammolar
Issue Date: Jul-2024
Publisher: TIBBIYOTDA YANGI KUN
Series/Report no.: 7(69)2024;
Abstract: nogironligi mavjud bolalar hayot tazini qaraydigan bo‘lsak, jismoniy faollik bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilish ehtimoli nogiron bo‘lmagan odamlarga qaraganda 16-62% kamroq va jismoniy harakatsizlik bilan bog‘liq jiddiy sog‘liq muammolari xavfi yuqori [5,6]. Nogiron bolalar hayotida atrof-muhit omillari jismoniy mashqlar sog‘lig‘iga ta’sir qilish bilan birga ijtimoiy hayot tarzi sifatiga ham katta ta’sir qilishida asosiy rol o‘ynaydi [3]. Oiladagi umumiy jismoniy faollikning past darajasi va ota-onalarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining oilaviy shakllarini saqlab qolish uchun nogiron bolaning motor faoliyati yetishmasligi aniqlangan [1]. Moslashuvchan (adaptiv) jismoniy madaniyat nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish va hayotga moslashtirishga qaratilgan sport va ko‘ngilochar tadbirlar va mashqlar o‘z ichiga oladi [2,7]. Bolalar harakatsizligining oldini olishga qaratilgan tadbirlar asab-mushaklarning jismoniy holatini, shuningdek, jismoniy, kognitiv va psixo-ijtimoiy ko‘rsatkichlarni umumiy yaxshilashga erishadigan integratsiya va o‘quv dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlanishi kerak [4]. Sog‘liqni saqlash uchun jismoniy faollik bo‘yicha Global tavsiyalar dasturi har qanday yoshdagi va qobiliyatli odamlar, shu jumladan nogiron bolalar uchun jismoniy faoliyatning muhimligini ta'kidlaydi. Hujjat nogiron bolalarning alohida ehtiyojlarini tan oladi va ushbu aholi uchun jismoniy faoliyatning afzalliklarini ta'kidlaydi [8].
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/520
ISSN: 2181-2187
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
25.Urazaliyeva I.R., Tulyaganova D.S..pdf1.23 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.