Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5382
Title: Anamnezida og‘ir preeklampsiya va piyelonefrit o‘tkazgan ayollarni homiladorlikka tayyorlash algoritmi
Authors: Babadjanova, G.S.
Saporbayeva, I.R.
Issue Date: 27-Jan-2026
Publisher: METODIST NASHRIYOTI
Abstract: Homiladorlik davri ayol organizmi uchun fiziologik jihatdan murakkab jarayon boʻlib, bunda barcha tizimlar faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar yuz beradi. Аyniqsa, yurakqon tomir, buyrak va endokrin tizimlar yuklamasi ortadi. Shuning uchun homiladorlik asoratlarining erta aniqlanishi, ularni oldini olish va profilaktika tadbirlarini ilmiy asosda olib borish zamonaviy akusherlik va ginekologiya fanining eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi [2,8]. Аnamnezida og‘ir preeklamsiya yoki piyelonefrit oʻtkazgan ayollar homiladorlikning keyingi davrida yuqori xavf guruhiga kiradi. Bunday bemorlarda platsentar qon aylanishining buzilishi, homila gipoksiyasi, erta tug‘ruq, intrauterin oʻsish sustligi preeklamsiyaning qaytalanishi va buyrak faoliyatining yomonlashuvi kabi asoratlar kuzatiladi. Shu boisdan, ushbu guruhdagi ayollarda homiladorlikni boshqarish va asoratlarning oldini olish boʻyicha optimallashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish dolzarb ilmiy va amaliy masala hisoblanadi
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5382
ISBN: 978-9910-12-330-6
Appears in Collections:Articles



Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.