Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5594| Title: | BIRIKTIRUVCHI TOQIMA TIZIMLI KASALLIKLARIDA REYNO SINDROMINI DAVOLASHDA SIMPATEKTOMIYA USULIDAN FOYDALANISHNING NATIJAVIYLIGINI BAHOLASH |
| Authors: | Nabiyeva D.A., Sharopova A.T., Mamasiddiqova S.B |
| Keywords: | Reyno fenomeni, simpatektomiya, ishemiya, natijalar. |
| Issue Date: | 2026 |
| Publisher: | O'zbekiston, Toshkent (O'zbekiston tibbiyot axborotnomasi) jurnal № 9 |
| Series/Report no.: | UOK;616.13-009.6-089.819:616-056.52 |
| Abstract: | Maqsad: Reyno sindromida periarterial distal simpatektomiyaning dastlabki natijalarini tahlil qilish. Material va usullar: Reyno fenomeni bilan ogrigan 12 nafar bemorda periarterial distal simpatektomiya natijalari organildi. Barcha bemorlar 22-30 yoshdagi ayollar. Patologiya tashxislashda Reyno sindromining klinik belgilari, shuningdek stress testlari va instrumental tekshiruvlar — kapillyaroskopiya hamda ultratovushli dupleks angioskanerlash natijalariga asoslandi. Barcha bemorlara qol barmoqlari arteriyalarida bir tomonlama periarterial simpatektomiya bajarildi (4 tasida chap, 8 tasida ong tomonda). Amaliyotga qadar barmoq arteriyalarida qon oqimi tezligi, reografik indeks hamda toqimalarning kislorod bilan toyinganlik darajasi baholandi. Natijalar: barcha holatlarda qolning surunkali ishemiyasi aniqlanib, u davriy vazospazm va vazokonstriksiya, barmoqlarning sianotik rangga kirishi hamda sezuvchanlikning pasayishi bilan namoyon boldi. Ultratovushli dupleks angioskanerlash natijalariga kora, qon oqimining chiziqli tezligi kamaygan (barmoq arteriyalarida 9,7±1,8 sm/soniya; palmar yoyda 10,4±2,1 sm/soniya), toqimalarda kislorod kuchlanishi pasaygan (barmoqlarda 58,5±7,5; qolda 65,5±9,5) hamda reografik indeks kamaygan (0,4±0,3). Barcha bemorlarda Lerish usuli boyicha periarterial simpatektomiya bajarildi. Amaliyotdan keyingi davrda asoratlar kuzatilmadi. Operatsiya davomiyligi ortacha 85,5±10,5 daqiqa, statsionarda davolanish muddati 5,5±0,5 kunni tashkil etdi. Operatsiyadan keyingi barvaqt davrda yaxshi gemodinamik samaradorlik kuzatilib, kasallikning klinik belgilari kamaydi, qon oqimining chiziqli tezligi oshdi (barmoq arteriyalarida 15,8±2,1 sm/soniya, palmar yoyda 21,2±2,5 sm/soniya), qol va barmoqlarda toqima perfuziyasi yaxshilandi hamda reografik indeks 0,75±0,5 gacha oshdi. Xulosa: periarterial distal simpatektomiya Reyno fenomenida qol va barmoqlarning ishemiyasini samarali bartaraf etadi. |
| URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5594 |
| ISSN: | 2181-7812 |
| Appears in Collections: |
Files in This Item:
| File | Description | Size | Format | |
|---|---|---|---|---|
| Selected_pages_1_2_6_150-153 (4).pdf | 952.22 kB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.