Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5635
Title: ERTA OSTEOARTRITLI BEMORLARDA KOMORBIDLIK INDEKSINING AHAMIYATI
Authors: Abdurazzakova D.S., Nabieva D.A., Matchanov S.X.
Keywords: erta osteoartrit, komorbidlik, Charlson komorbidlik indeksi, og‘riq sindromi, hayot sifati.
Issue Date: 2026
Publisher: O'zbekiston, Toshkent (O'zbekiston tibbiyot axborotnomasi) jurnal № 9
Series/Report no.: UO‘K:;616.72-002.77-06-07-036
Abstract: Maqsad: erta osteoartritli bemorlarda Charlson komorbidlik indeksining klinik va patogenetik ahamiyatini o‘rganish. Material va usullar: Tadqiqotga erta osteoartrit va bir yoki bir nechta qo’shma kasalliklarga chalingan 150 bemor kiritilgan. Tekshiruv 2023 va 2025 yillar oralig’ida o’tkazildi. Ishtirokchilarning yoshi 30 dan 60 yoshgacha bo’lib, o’rtacha yoshi 49,72±4,9 yoshni tashkil etdi. Natijalar: tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlarning 77,3% da o‘rtacha va yuqori darajadagi komorbidlik aniqlandi, bu esa erta osteoartritning ko‘p omilli va tizimli xarakterga ega ekanligini tasdiqlaydi. Komorbidlik darajasi oshishi bilan klinik ko‘rsatkichlar izchil ravishda yomonlashib bordi: og‘riq intensivligi (VAS) 38±8 dan 68±12 mm gacha, WOMAC indeksi 42±7 dan 72±11 ballgacha oshgan bo‘lsa, KOOS ko‘rsatkichi 78±6 dan 52±7 ballgacha pasaydi (barcha holatlarda p<0,001). Shuningdek, ertalabki karaxtlik davomiyligi va harakat cheklanishi ham komorbidlik darajasi ortishi bilan sezilarli ravishda kuchaydi. Laborator tahlillar komorbidlik darajasi bilan yallig‘lanish va tog‘ay degradatsiyasi markerlari o‘rtasida mustahkam bog‘liqlikni namoyon qildi. Xususan, SRO 4,2±1,1 dan 9,3±2,0 mg/l gacha, MMP-3 18±5 dan 34±9 ng/ml gacha, CTX-II 210±40 dan 370±70 ng/ml gacha va COMP 8,5±2,0 dan 17,9±3,5 ng/ml gacha oshgani qayd etildi (p<0,001). Olingan natijalar komorbidlikning yallig‘lanish jarayonlari va tog‘ay to‘qimasi degradatsiyasini kuchaytiruvchi muhim patogenetik omil ekanligini ko‘rsatdi. Xulosa: komorbidlik darajasi oshishi og‘riq sindromining kuchayishi, funksional holatning yomonlashishi, hayot sifati pasayishi hamda yallig‘lanish va tog‘ay degradatsiyasi markerlarining ortishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bu holat komorbidlikni erta osteoartritning klinik kechishi va progressiyasiga ta’sir etuvchi muhim patogenetik omil sifatida baholash imkonini beradi.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5635
ISSN: 2181-7812
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
2026_9_Мед_Вестник_Узбекистана_№9_2026_3_1.pdf1.07 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.