Abstract:
So‘nggi bir necha o‘n yilliklar ichida butun dunyoda raqamli tibbiyot keskin o‘sdi va sog‘liqni saqlashning hozirgi tendensiyalari kelajakda bu o‘sishga hissa qo‘shmoqda. Shu sababli, tibbiyot maktablari tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bemorlarga ommaboplikni kengaytirish va sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytirish uchun telemeditsina texnologiyalaridan yanada samarali foydalanishlari uchun kelajakdagi shifokorlarning oliy tibbiy taʼlimiga teletibbiyot vakolatlarini kiritishni o‘rganmoqdalar. Ushbu maqolada dunyoda, shu jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSH) misolida va O‘zbekistonda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat tibbiy taʼlimida teletibbiyotga tayyorlash sohasida qilinayotgan maʼlumotlarni tavsiflash va tizimlashtirish bo‘yicha saʼy-harakatlari ko‘rsatilgan. Mamlakatda tibbiy yordamga ehtiyojning oshishi va uzoq masofada joylashgan xududlarda tibbiyot xodimlari ishchi kuchining yetishmasligi, birlamchi tibbiy yordam va mutaxassis shifokorlarning notekis taqsimlanishi, shuningdek, o‘sib borayotgan darajada yuqori milliy sog‘liqni saqlash xarajatlari - bularning barchasi teletibbiyot korxonalarini rivojlanishiga ehtiyojni rag‘batlantiradi. Teletibbiyot O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida tobora muhim ahamiyat kasb etar ekan, uni kelajakdagi shifokorlarni tayyorlashga kiritish ham tobora zarur va muhim ahamiyatlidir.