Abstract:
Fizika tibbiyot uchun muhim soha sifatida bo‘lajak tibbiyot xodimida inson organizmining asosiy
tizimlarining faoliyati to‘g‘risida asosiy g‘oyalarni shakllantirish va bu g‘oyalarni kelajakdagi
tibbiyot amaliyotida mazmunli qo‘llash uchun zarurdir.Ta’lim jarayonida zamonaviy multimedia
texnologiyalari muhim o‘rin tutadi. Maqolada ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan
visual usullar o‘quv jarayonini takomillashtirish va bo‘lajak shifokorlarni zamonaviy tibbiy
diagnostika va davolashda qo‘llaniladigan fizik usullar bilan batafsil tanishtirish imkonini berishi
ta’kidlangan.