Abstract:
Bugungi kunda atrof-muhit ifloslanishi, ayniqsa, havo sifati bilan bog‘liq muammolar dunyo miqyosida sog‘liqni saqlashning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 99% ifloslangan havo sharoitida yashaydi. Havoning zararli moddalar bilan ifloslanishi, ayniqsa, azot dioksidi (NO₂), oltingugurt dioksidi (SO₂), uglerod oksidlari (CO), qattiq zarralar (PM2.5, PM10) va ozon (O₃) kabi kimyoviy moddalar yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, jumladan arterial gipertenziya rivojlanish xavfini oshiradi.