Abstract:
Biomeliorativ o‘simliklar atmosfera havosini tabiiy usulda tozalashda beqiyos ahamiyatga ega. Ular nafaqat karbonat angidridni kamaytiradi, balki chang, gazlar, og‘ir metall ionlari va zararli mikroorganizmlarni yoʻqotish orqali ekologik muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Shu boisdan, shaharsozlik, qishloq xoʻjaligi va sanoat hududlarida biomelioratsiya usullarini keng qoʻllash nafaqat ekologik, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka ham xizmat qiladi.