Abstract:
Ushbu tadqiqot homilador ayollarda preeklampsiya xavfini erta bosqichda
baholash maqsadida s-endoglin biomarkeri va dopplerometriya usuli yordamida bachadon
arteriyasi pulsatsion indeksini tahlil qilishga qaratilgan. 16-haftadan boshlab kuzatilgan 100
nafar homilador ayolda s-endoglin darajasi, homiladorlikning 11-14 xaftasida 116 nafar ayolda
esa dopplerometriya tekshiruvlari o'tkazildi. Tadqiqotnatijalaris-endoglin darajasining oshishi va
pulsatsion indeksning yuqoriligi preeklampsiya rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirishi
mumkinligini ko'rsatdi. Ushbu parametrlar asosida xavf guruhini aniqlash va homiladorlikning
sog'lom kechishini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.