Abstract:
Odatlangan homila tushishi va metabolik sindrom orasi-
dagi bog'liqlik ko'plab klinik izlanishlar tomonidan tas-
diqlangan. Odatlangan homila tushishi homiladorlikning bir
necha marta muvajfaqiyatsizyakunlanishi bilan tavsiflanadi
va turli xil patologik mexanizmlar bilan bog'liqdir. Metabolik
sindrom, insulin rezistentligi, gipertoniya, dislipidemiya va
abdominal semizlik kabi holatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu
sindromning rivojlanishi oksidativ stress va surunkali yal-
lig’lanish jarayonlari bilan chambarchas bog'liqdir; Oksida
tiv stress, hujayra va to’qimalarda erkin radikal va reaktiv
kislorod turlarining ko'payishi bilan tavsiflanadi va bu holat,
homila tushishining rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shuningdek, surunkali yallig'lanish metabolik sindromning
rivojlanishini va homila tushishini kuchaytiradigan asosiy
omillardandir.