Abstract:
Ushbu maqola ichak ta’sirlanish sindromining(ITS) diagnostikasi jarayonini
yoritadi, uning asosiy simptomlari va ularni aniqlashda qo‘llaniladigan metodlarni ko‘rsatadi.
Shuningdek, ITSni boshqa ichak kasalliklaridan ajratish uchun zarur bo‘lgan farqlovchi
belgilarga e’tibor qaratiladi. Bemorning holatini to‘g‘ri baholash va samarali davolash rejasini
ishlab chiqish uchun multidissiplinar yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi.