Abstract:
Maqsad: IL17A (G-197A) genining polimorfizm holat
lari bolalarda gemorragik vaskulit (GV) rivojlanishi va un
ing klinik shakllari bilan bog‘liqligini aniqlash maqsadida
o‘rganildi. Material va usullar: tadqiqot doirasida 2022
2024 yillarda 183 nafar bola ishtirokida molekulyar-genetik
tahlillar olib borildi. Tadqiqot ishtirokchilari ikki guruhga
ajratildi: GV bilan kasallangan 93 nafar bola va nazorat si
fatida 90 nafar sog‘lom bola. Genotiplash PZR va restriksiya
tahlili asosida amalga oshirildi. Natijalar: GV bilan kasal
langan bolalarda, ayniqsa aralash (og‘ir) shaklida, IL17A
G-197A genining A alleli va AA genotipi sezilarli darajada
ko‘p uchradi. AA genotipi og‘ir shakllarda 8 barobar, GA esa
3,5 barobar ko‘p kuzatildi (p<0.01). Nazorat guruhida esa
G allelining yuqori chastotasi aniqlanib, bu uning protektiv
ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Xulosa: IL17A (G-197A)
gen polimorfizmi bolalarda GV rivojlanishi va og‘ir kechиши
uchun muhim genetik marker sifatida tavsiflanmoqda. Ushbu
marker klinik prognoz va erta tashxisda samarali qo‘llanilishi
mumkin.