Abstract:
Maqolada ko‘krak yoshli bolalarda bronxiolit kechishi,
klinikasi, etiopatogenezi, davolashi bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy
tadqiqot natijalari o‘rganilgan hamda tahlil qilingan. Bronxi
olit, kapillyar bronxit — mayda bronxlar devorining virus yoki
bakteriyalar ta’sirida yallig‘lanishi bo‘lib, asosan bir yoshga
cha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Gripp viruslari qo‘zg‘atadigan
grippli bronxiolit, mayda bronxlar shilliq qavatining kataral
yallig‘lanishi bilan ifodalanadigan kataral bronxiolit, bronxlar
teshigigacha granulyatsion to‘qima o‘sib kirishi bilan kechad
igan obliteratsiyalovchi bronxiolit va boshqalar farq qilinadi.