Abstract:
Maqolada kichik yoshdagi bolalarda bronxiolitni tashxis
lash va differensial diagnostikasiga bag‘ishlangan ilmiy ma
qolalar sharhi keltirilgan. O‘tkir bronxiolit asosan ko‘krak
yoshdagi bolalarda rivojlanadigan kichik bronxlar va bronx
iolalarning asosiy shikastlanishi bilan kechadigan, pastki na
fas yo‘llarining o‘tkir yallig’lanish kasalligidir. O‘tkir bronxi
olit ko‘pincha bolalar hayotining 1-yilida uchraydi (80%dan
ortiq holatlarda), ularning 7-14% statsionar sharoitda
davolanishni talab qiladi, shu bilan birga butun dunyoda 2
yoshgacha bo‘lgan bolalarda kasalxonaga yotqizishning eng
keng tarqalgan sababidir. Hozirgi kunga qadar differensial
diagnostikaning ba’zi masalalari, ayniqsa bronxiolit va res
pirator sinsitial virus tufayli kelib chiqqan pnevmoniyaning
differensial diagnostikasi muammoligicha qolyapti.