Abstract:
Ushbu maqolada farmasevtik mahsulotlarning sifatini baholash va nazorat qilishda
qo‘llaniladigan zamonaviy analitik usullar, ularning ahamiyati hamda amaliy qo‘llanilishi haqida
so‘z yuritiladi. Analitik kimyo, xromatografiya, spektroskopiya, titrlash, elektrokimyoviy va
molekulyar texnologiyalar asosida dori vositalarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini
aniqlashning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro farmakopeya talablariga muvofiq
laboratoriya nazoratini optimallashtirishning ilmiy asoslari yoritiladi.