Abstract:
Onalar o‘limi darajasi nafaqat homiladorlik va tug’ruq
jarayonida ayollar uchun ko’rsatiladigan tibbiy xizmatning samaradorligini, balki
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik, sog’liqni saqlash tizimining rivojlanish
darajasi va reproduktiv salomatlik ko’rsatkichlarini ham aks ettiradi. Homiladorlik
fiziologik jihatdan adaptatsiya talab qiluvchi jarayon bo‘lib, u buyrak
kasalliklarining mavjud klinik kechishini og’irlashtirishi mumkin, shuningdek,
buyrak patologiyalari ham homiladorlikning normal kechishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ayniqsa, onalar o‘limi strukturasining yetakchi sabablaridan biri
hisoblangan
preeklampsiya nefropatiyaning turli shakllarini, jumladan
glomerulopatiya, tubulopatiya va interstitsial nefrit kabi patologik holatlarni keltirib
chiqarishi
yoki
mavjud nefrologik buzilishlarni chuqurlashtirishi bilan
ahamiyatlidir.