Abstract:
Ushbu ilmiy maqolada vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalarning inson
organizmidagi o‘rni, ularning fiziologik vazifalari, kimyoviy tarkibi, turlariga ko‘ra tasnifi
hamda sog‘liq uchun ahamiyati tahlil qilingan. BAAlarning (biologik faol qo‘shimchalarning)
oziq moddalar almashinuvi, immun tizimini mustahkamlash, modda almashinuvi jarayonlarini
normallashtirish va kasalliklarning profilaktikasi hamda davolashdagi roli ilmiy asosda
yoritilgan. Maqolada vitaminlarning tabiiy manbalari, qabul qilish me’yorlari, gipovitaminoz va
giperavitaminoz kabi klinik holatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish usullari
keng yoritilgan.