Abstract:
Surunkali vena qon tomirlarining varikoz kengayishi turli etiologik omillar
sababli yuzaga kelishi natijasida, tomir devorining distrofik va degenerativ o‘zgarishlar,
yallig‘lanishli, o‘smali jarayonlar fonida yuzaga keladigan patologik jarayonlar (gipodinamiya,
vertikal turuvchilarda, o‘troq xayot kechiruvchilarda, genetik moyilliklarda, xomiladorlikda,
semizlikda va boshqalarda) xisoblanadi. Oyoqlarda vena qon tomirlarining aksariyati tuzilishi
bo‘yicha o‘rta va past darajada mushak qavati shakllangan va ichki bo‘shlig‘ida qopqoqchalari
mavjud bo‘lgan, bo‘shlig‘ida asosan laminar oqim bilan mushaklar qisqarishiga qaram bo‘lgan
tomirlar tashkil etadi. Venoz tomirlarni boldir soxasi teri ostida joylashganlari asosan xajmiy
tomirlar bo‘lib, mushak tutamlari past darajada rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.