Abstract:
Preeklampsiya — bu homiladorlikning 20-haftasidan so‘ng rivojlanadigan, qon bosimining
oshishi va siydikda oqsil ajralishi (proteinuriya) bilan tavsiflanadigan homiladorlik asoratidir. Bu
holat ona va homila salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi, chunki yurak-qon tomir, buyrak, jigar
va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Preeklampsiyaning sabablari to‘liq
o‘rganilmagan bo‘lsa-da, u ko‘pincha plasentadagi qon aylanishining buzilishi bilan bog‘liq deb
hisoblanadi. Uning erta aniqlanishi va to‘g‘ri boshqaruvi ona va bola uchun ijobiy natijalarga olib
keladi. Davolash yo‘llari orasida qon bosimini nazorat qilish, simptomatik terapiya va og‘ir
hollarda homilani muddatidan oldin tug‘dirish kiradi. Preeklampsiyaning oldini olish uchun
homilador ayollarning muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi muhim hisoblanadi.