Abstract:
Dunyoda yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qizilo'ngach rivojlanishining anomaliyalari murakkab
kasallik bo'lib, ko'pincha boshqa patologiyalar bilan birlashadi va barcha anomaliyalarning 3,2% ni tashkil qiladi. Bu
anatomik va gistologik o'zgarishlar bilan homila rivojlanishining embrion davridagi qizilo'ngach va uning
strukturaviy tuzilmalarining rivojlanishini davom ettiradigan jarayondir. Qizilo‘ngach atreziyasining morfologik
jihatdan xosligi devori rivojlanish displaziyasi bo‘lib, aynan, lokalizatsiyasi bo‘yicha shu sohalarda barcha anatomik
qavatlarining to‘liq shakllanmasligi, mushak va seroz pardalari oralig‘ida bazal membranasining tolasimon dag‘al
strukturali bo‘lishi, shilliq va shilliq osti qavatlarining o‘zaro mutanosibligini izdan chiqishi va har xil qalinlikda
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Aynan, shilliq qavatning yuzasini qoplovchi ko‘p qavatli epiteliylarda gidropik
distrofiyani eslatuvchi vakuol sitoplazmaning rivojlanishi, shilliq qavatdagi epiteliylarining odatdagi 6-8 qavat
o‘rniga, 2-5 qavatli bo‘lishi va epiteliy hujayralari yadrosining giperxromli bo‘lishi bilan xarakteralandi.