Abstract:
Ushbu maqolada yurak infarktining bosqichma-bosqich morfologik o‘zgarishlari, xususan,
makroskopik va mikroskopik belgilariga e’tibor qaratilgan. Miokard infarkti yurak mushak
to‘qimalarining ishemik nekrozi bo‘lib, odatda koronar arteriyalar tutilishi natijasida rivojlanadi.
Tadqiqotda infarkt rivojlanishining ilk soatlaridan boshlab kechki davrgacha bo‘lgan morfologik
o‘zgarishlar yoritilgan. Makroskopik bosqichlarda yurak to‘qimasining tashqi ko‘rinishidagi
o‘zgarishlar, mikroskopik bosqichlarda esa nekroz, yallig‘lanish infiltratsiyasi, granulyatsion
to‘qima va fibroz chandiq shakllanishi kabi jarayonlar ketma-ketlikda bayon etilgan. Mazkur
ma’lumotlar yurak infarktining patogenezini chuqurroq tushunish, patologoanatomik diagnostika
aniqligini oshirish hamda klinik-amaliyotda to‘g‘ri tashxis qo‘yishda muhim o‘rin tutadi.