Abstract:
Megaloblastik makrositar anemiya – bu DNK sintezining buzilishi natijasida yuzaga keladigan va
megaloblastik eritropoez bilan xarakterlanuvchi kasallikdir. Ushbu anemiya asosan B12 vitamini
yoki foliy kislotasi tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lib, eritropoez jarayonida patologik o‘zgarishlar
keltirib chiqaradi. Suyak iligi giperkellular bo‘lib, megaloblastik hujayralarning ortiqcha
to‘planishi kuzatiladi. Periferik qonda makrositar eritrositlar, anizositoz, poikilositoz va
gipersegmentatsiyalangan neyrofillar aniqlanadi. Klinik jihatdan bemorlarda umumiy holsizlik,
nevrologik buzilishlar, dispeptik sindrom va oshqozon-ichak traktining shikastlanishlari
kuzatiladi. Ushbu maqolada megaloblastik anemiyaning patologik anatomiyasi, etiologiyasi,
klinik ko‘rinishlari va diagnostik yondashuvlari muhokama qilinadi.