Abstract:
Ushbu maqolada O‘zbekiston farmatsevtika bozorining hozirgi holati,
so‘nggi yillarda kuzatilayotgan rivojlanish tendensiyalari hamda kelgusidagi iqtisodiy va
innovatsion istiqbollari tahlil qilinadi. Farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi, import
eksport ko‘rsatkichlari, investitsion muhit, davlat siyosati va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning
ulushi misolida mamlakatning farmatsevtik mustaqillikka erishish yo‘nalishlari yoritilgan.
Shuningdek, tahlil natijalariga asoslanib, sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va
tavsiyalar keltirilgan.