Abstract:
Ektopik homiladorlik reproduktiv salomatlik sohasida jiddiy muammo sifatida qabul
qilinadi. Bu holat nafaqat ayollarning reproduktiv tizimiga balki uning umumiy salomatligiga
ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Butun dunyo bo‘ylab barcha tabiiy homiladorlikning 1-2
% ayollarda ektopik homiladorlik uchraydi. Ektopik homiladorlikning tezligi har yili ortib
borayotganligi sababli onani omon qolishini va reproduktiv qobiliyatini saqlab qolish uchun
xavf omillarini aniqlash va erta tashxis qo‘yish talab etiladi. Shu sababli, ektopik homiladorlik
xavf omillarini aniqlash va klinik kechishini o‘rganish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash va
ektopik homiladorlikni oldini olishda muxim ahamiyatga ega.