Abstract:
Nafas olish a`zolarining kasalliklari bolalar orasida eng ko`p uchraydigan
nozologiyalardan hisoblanadi. Respirator traktda uchraydigan kasalliklar o`tkir va surunkali
xarakterga ega bo`ladi. Erta yoshdagi bolalarda maktab yoshidagi bolalarga nisbatan respirator
kasalliklar ko`p uchraydi. Keyingi yillarda nafas olish a`zolarining kasalliklarini davolashda
ancha yutuqlarga erishilganligiga qaramay, bu kasalliklar hozirgacha keng tarqalgan bo`lib,
bolalar o`limi tarkibida etakchi o`rinlardan birini egallab turmoqda. Pediatrlarga murojaat
qilgan har uchta bemorning ikkitasi nafas a`zolarining kasalligi tufayli desak xato bo`lmaydi.
Nafas olish a`zolarining kasalliklarida oxirgi yillarda etiologik tarkibida, kechishida ayrim
o`zgarishlar mavjud bo`lib, yangi profilaktik va davo choralarini ishlab chiqishini talab qilmoqda.
Hozirgi paytda keng tarqalgan yuqori nafas yo`llarining o`tkir respirator virusli kasalliklarining
oldini olish va davolashga e`tibor katta bo`lishi zarur, chunki ko`p holatlarda ulardan keyin
zotiljam va o`pka, bronx - o`pka kasalliklari rivojlanishi mumkin.