Abstract:
Atopik dermatit (AtD) — turli toshmalar, terining qichishi va immun (himoya) qobiliyatining pasayishi bilan
kechadigan, irsiy moyillikka ega surunkali xastalik hisoblanadi. Atopik dermatit bilan, turli manbalarga ko‘ra,
aholining 3-15% og‘riydi. AtDning bolalar orasida uchrashi 5-20%, kattalar orasida esa — 2-10%, yirik (sanoat
rivojlangan) shaharlarda AtD xastaligi ko‘proq ro‘yxatga olinadi. SHu sabablik kasallikni davolashdan va asoratlarni
oldini olishda profilaktik chora tadbirlarni qo‘llash bolalar orasida kasallikni kamayishiga, remissiya davrini
uzayishiga sabab bo‘ladi