Abstract:
Mycoplasma pnevmoniyasi yosh bolalarda atipik pnevmoniyaning eng keng
tarqalgan shakllaridan biridir. Ushbu tadqiqotning maqsadi kasallikning klinik xususiyatlarini, 1
yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda immun profilini baholashdan iborat. Klinik simptomlar
va immunologik ko‘rsatkichlar (IgA, IgM, IgG, IL-6, IL-10, IFN-g, CD3+, CD4+, CD8+ va
boshqalar) tahlili o‘tkazildi. Kasallikning yashirin shakllari va past darajadagi isitmani o‘z ichiga
olgan xarakterli klinik ko‘rinishlar aniqlandi. Immunologik profil kasallikning og‘irligi bilan
bog‘liq bo‘lgan gumoral va sitokin tizimlarining faollashishini ko‘rsatdi. Ushbu ma’lumotlar yosh
bolalarda mikoplazma pnevmoniyasining immunitet holatini hisobga olgan holda keng qamrovli
tashxis qo‘yish zarurligini ta’kidlaydi.