Abstract:
OIV bilan kasallangan aholi orasida “asosiy” xavf omillarining tarqalishini o’rganish. Material va usullar:
tasodifiy va uzluksiz tanlamalarni birlashtirgan populyatsiyani tanlashning murakkab usuli qo’llanildi. 20-69 yoshdagi
507 nafar OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslardan iborat vakillik guruhi tuzildi. Natijalar: boshqa xavf omillari
qatorida ijtimoiy-iqtisodiy omillar 54,9%, kislotali peptik omil 45,1%, oziqlanish omillari 62,1%, ijtimoiy omillar 37,9%
ni tashkil etdi. Xulosa: tadqiqot natijalari surunkali gastroduodenal kasalliklarga nisbatan OIV bilan kasallangan
odamlarning sog’lig’ini yaxshilashning yagona uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqish uchun asos bo’lishi mumkin.
Kalit so’zlar: surunkali gastroduodenal kasalliklar, odamning immunitet tanqisligi virusi, xavf omillari, aho