Abstract:
Yod inson salomatligi uchun muhim mikroelement hisoblanadi. Yod inson tanasida turli xil
vazifalarni bajaradi, ayniqsa qalqonsimon bez gormonlari- triyodotironin va tiroksin ishlab chiqarishda muhim
o’rinni egallaydi. Bundan tashqari, u immunitet, yurak-qon tomir, reproduktiv va oshqozon-ichak tizimlariga
ta'sir qiladi. Qalqonsimon bez kasalliklari natijasida barcha a’zo va to’qimalar faoliyati buzilishi , ayniqsa bir
qator yurak-qon tomir asoratlari o'lim xavfini oshirishi bilan bog'liqligi haqida tadqiqotlarda keltirilgan. So'nggi
paytlarda qalqonsimon bez gormonlari yetishmovchiligida o’rinbosar davoning yurak qon-tomir tizimiga ta’siri
ko’plab munozaralar va turli qarashlarga sabab bo’lmoqda.