Abstract:
Urologik yo‘nalishdagi tibbiy muassasalar yuqori invaziv
jarrohlik amaliyotlari, kateterizatsiya, endoskopik muolajalar, biopsiyalar va
drenaj tizimlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli bemor va tibbiy xodim xavfsizligi
eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)
ma’lumotlariga ko‘ra, urologik bo‘limlarda kasalxona ichi infeksiyalari (KII) barcha
holatlarning 15–20% ini tashkil etadi. Bu esa xavfsizlik protokollariga qat’iy rioya
etish zarurligini ko‘rsatadi. “Xavfsiz xodim – xavfsiz bemor” tamoyiliga asoslangan
tizimli yondashuv urologik tibbiy markazlarda infeksiyalar, travmalar, dori
xatoliklari va nojo‘ya holatlarning oldini olishda asosiy o‘rin tutadi.