Abstract:
Ushbu tadqiqot aholining OIV infeksiyasi bo‘yicha xabardorlik darajasini baholash, noto‘g‘ri qarashlar va stigma omillarini aniqlash hamda profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida 474 nafar respondent ishtirokida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma 20 ta savoldan iborat bo‘lib, OIV infeksiyasi haqida umumiy bilim darajasi, yuqish yo‘llari, profilaktika usullari, diagnostika imkoniyatlari, onadan bolaga yuqish mexanizmlari hamda OIV bilan yashovchilarga nisbatan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oldi.